«Real» «Bornmut»ning iqtidorli himoyachisi narxini allaqachon bilgan

Fichajes’ning so‘zlariga ko‘ra, «Real Madrid» Din Xeysenni keyingi transfer oynasida himoyasini kuchaytirish uchun eng jozibador variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

«Bornmut» markaziy himoyachisi Florentino Peresning qiziqishini uyg‘otdi, u ehtimoliy transfer narxini allaqachon biladi. Uning narxi 60 million yevro.

Asli ispaniyalik himoyachiga «Chelsi», «Arsenal» va «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirmoqda, bu esa «Real»ning rejalarini murakkablashtirishi mumkin.

Joriy mavsumda 19 yoshli Xeysen «Bornmut» safida barcha turnirlar doirasida 21ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter