Provakasiyalar Vinisiusni oldinga undaydi

«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Manchester Siti» muxlislarining banneri haqidagi savolga javob berdi.

86-daqiqagacha hisobda ortda qolgan mehmonlar Angliyada g‘alaba qozonishdi (3:2).

Vinisius ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘yin boshlanishidan oldin «Etihad» tribunalarida Rodri va «Oltin to‘p» tushirilgan banner paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius nufuzli individual mukofot uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan va bu marosimda ishtirok etishdan bosh tortgan.

“Muxlislar bunday bannerlarni osib qo‘yishi meni maydonda yana ham ko‘p harakat qilishga undaydi.

Men bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdim», – deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter