«Barselona» Rokedan qutulmoqchi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Betis»da ijara asosida o‘ynayotgan hujumchi Vitor Rokega umid bog‘lamayapti. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Flik 19 yoshli Roke o‘z loyihasiga tayyor emas deb hisoblamoqda, «Barselona» rahbariyati esa braziliyalikni juda erta sotib olganiga ishonch bildirmoqda.

Aytilishicha, «Barselona» Rokeni yozda sotishga umid qilmoqda, klub futbolchi uchun 25 million yevro olishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi kataloniyaliklar safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter