O‘tgan oyning eng yaxshi klubi aniqlandi
IFFHS tahlilchilari yanvar oyi natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbol klubi nomini e’lon qilishdi.
E’lon qilingan reytingda Londonning “Arsenal” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Mikel Arteta shogirdlari o‘tgan oy beshta o‘yinda g‘alaba qozonishgan, uchta durang va bitta mag‘lubiyatga uchragan.
Ikkinchi o‘rinni Milanning “Inter”i, uchinchi o‘rinni esa “Real Madrid” egalladi. Reytingda keyingi o‘rinlarda Fransiyaning “PSJ” va Ispaniyaning “Atletiko” klublari joylashgan.
Angliya premyer-ligasining 24-turidan keyin “Arsenal” turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Arteta shogirdlari peshqadam “Liverpul”dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/