Italiya chempionati. «Roma» safarda «Venesiya» ustidan minimal hisobda g‘alabaga erishdi. Shomurodov so‘nggi soniyalarda maydonga tushirildi

Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Venesiya» – «Roma» uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuvda rimliklar Paulo Dibala tomonidan 57-daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga zafar quchdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 90+2-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Venesiya – Roma 0:1 (0:0, 0:1)

9 fevral, 16:30, «Pyerluidji Penso»

Gol: 0:1 – 57, penalti Dibala.

Venesiya – Radu, Kande, Idzes, Markandalli (Shingtyen, 57), Buzio, Yeboa (Oristanio, 58), Dzerbin, Nikolussi-Kavilya, Kike Peres (Marich, 80), Ellertsson (Byarkason, 71), Filya (Gyutkyayer, 80).

Roma – Svilar, Ndika, Manchini, Chelik, El-SHaaravi (Nelsson, 58), Dibala (Baldansi, 68), Anxelinyo, Rensx (Salemakers, 46), Kristante, Gurna-Duat (Pizilli, 58), Dovbik (Shomurodov, 90+2).

Ogohlantirishlar: Gurna-Duat (9), Filya (10), Kande (24), Kristante (61), Chelik (69).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter