Martinelli jarohatidan so‘ng «Arsenal» hujum chizig‘i og‘ir ahvolda qoldi

«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli Angliya liga kubogi doirasida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. The Athletic xabariga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar Martinellining jarohati tufayli bir oydan ko‘proq vaqtga safdan chiqishini ko‘rsatmoqda. 23 yoshli futbolchining maydonga qaytishi taxminan mart oyi o‘rtalarida bo‘lishi mumkin. Bu Gabrielning «kanonirlar»ning bir qator o‘yinlarini o‘tkazib yuborishini anglatadi, deya xabar beradi The Athletic.

Gabriel Martinellining jarohatigacha Bukayo Saka va Gabriel Jezuslar ham safdan chiqqan edi. Bu «Arsenal» uchun haqiqiy zarba bo‘ldi.

«Arsenal»ning navbatdagi o‘yinida 15 fevral kuni APL doirasida «Lester» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter