«MYU» Eriksenga o‘rinbosar tanladi

«Manchester Yunayted»ning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen joriy mavsum yakunida mankunianliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.

«Qizil iblislar» allaqachon jamoada Kristianning o‘rniga yarim himoyachi topib bo‘lgan. «Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olmoqchi. Shartnoma yozgi transfer oynasiga mo‘ljallangan.

21 yoshli yarim himoyachi joriy Angliya Premyer-ligasida 9 ta o‘yin o‘tkazdi. Uorton bu uchrashuvlarda samarali harakat amalga oshirmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter