«Inter» Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi
Petar Suchich «Inter«ga o‘tadi.
Milan klubi Zagrebning «Dinamo» klubi bilan 21 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Janluka Di Marsio.
«Neradzurrilar»ga transfer 14 million yevroga tushadi, 2,5 million yevro bonus to‘lovlari ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xorvatlar futbolchini qayta sotishdan tushgan foydaning 10 foizini oladi.
Yarim himoyachi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Xorvatiya chempionatining joriy mavsumida Suchich 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/