«Everton» «Flamengo» futbolchisini ijaraga oldi
«Everton» Karlos Alkarasni o‘z safiga qo‘shib oldi. Mersisaydliklar klubi «Flamengo»dan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi transferini e’lon qildi.
«Everton» argentinalik futbolchini ushbu mavsum oxirigacha sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi, Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, uning narxi 15 million funt.
Karlos Alkaras avvalroq “Sautgempton” safida Premyer-ligada o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/