«Manchester Yunayted» himoyachisining transferi barbod bo‘ldi
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Tirell Malasia bu qishda «Benfika»ga o‘tmaydi.
Klublar niderlandiyalik futbolchini ijaraga olish borasida muzokaralar olib borishdi, biroq kelishuvga erisha olishmadi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishuv narxi va undan keyingi sotib olish bandi bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagan.
«Manchester Yunayted» Tirell Malasia bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Avvalroq, 25 yoshli futbolchiga Shotlandiyaning «Seltik» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/