Monchi «Aston Villa»ga jahon darajasidagi yulduzni olib kelmoqchi

«Aston Villa» sport direktori Ramon Monchi «Barselona» vingeri Lamin Yamalni o‘z jamoasiga taklif qilishini tan oldi.

Ispaniyalik futbolchi 17 yoshida “Barsa” va jahon futboli yulduziga aylandi.

Futbolchi tez orada kataloniyaliklar bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolaydi.

«Cheksiz byudjetga ega bo‘lsam, qaysi vinger bilan shartnoma imzolagan bo‘lardim? Lamin Yamal. Men uni «Aston Villa» uchun sotib olgan bo‘lardim», – deya Monchining so‘zlarini keltiradi Managing Barca.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter