Vinisius: «Anchelottini tinglashim kerak»
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior bosh murabbiy Karlo Anchelottining talablaridan birini aytdi.
24 yoshli braziliyalik «qaymoqranglilar»ning so‘nggi ikki o‘yinini diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yubordi.
Umuman olganda, hujumchi joriy mavsumda “Real” safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Anchelotti har doim menga ikkita teginish bilan gol urishim kerakligini aytadi. Men uni tinglashim kerak», dedi Vinisius «Real Madrid» klubi kanaliga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/