«Monako» himoyachisi Bundesligaga ko‘chib o‘tdi
«Augsburg» «Monako» himoyachisi Krislen Matsima uchun 5 million yevro sarfladi.
22 yoshli himoyachi rasman monakoliklar safini tark etdi va 4 yarim yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini “Augsburg”da o‘tkazdi.
U maydonda 18 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt himoyachini 7 million yevroga baholamoqda.
Matsima «Monako» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, faoliyati davomida «Loryan» va «Klermon» klublarida ham o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/