Zinchenko uchun kurashga Madrid top-klubi qo‘shildi

«Arsenal» himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini «Atletiko Madrid«da davom ettirishi mumkin.

«Sky Sport Germany» xabariga ko‘ra, «matraschilar» allaqachon 28 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan. Manba bergan xabarga ko‘ra, «Atletiko» Zinchenkoni qishda nafaqat ijaraga olishga, balki futbolchini sotib olishga ham tayyor. Manba xabariga ko‘ra, transfer narxi 20 million yevro va bonus to‘lovlarini tashkil qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Zinchenkoning o‘zi «Arsenal»ni tark etish niyatida. Dortmundning «Borussiya» klubi hamon futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo nemislar himoyachini juda qimmat deb hisoblagani uchun hozircha unchalik faol emas. Qolaversa, «asalarilar ustuvor vazifasi, agar kerak bo‘lsa, himoya markazida o‘ynay oladigan qanot himoyachisini sotib olish.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter