Xolandning fikricha, «Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar qilmagan
Erling Xolandning fikricha, «Siti» moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymagan.
Norvegiyalik forvard «shaharliklar» bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirdi. Futbolchi bonuslarni hisobga olmaganda haftasiga 500 ming funt olishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» 115 ta moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangan edi.
«Men bu haqda o‘ylamaganman ham. Ishonchim komilki, klub nima qilayotganini biladi. Oxir-oqibat, men bu haqda ko‘p gapirmasligim kerak, deb o‘ylayman, chunki men bu erda faqat ikki yarim yil bo‘lganman.
Lekin yakunda ishonchim komilki, klub to‘g‘ri ish qilyapti», – dedi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/