Ukrainalik biatlonchilar shohsupaga o‘z bayrog‘i bilan ko‘tarildi
11 yanvar kuni Sturla Layegreid, Tarjey va Yoxannes Boe Germaniyaning Oberxof shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ta’qib qilish bosqichida shohsupaga ko‘tarilishdi va taqdirlash marosimida ukrainalik Dmitriy Pidruchniy tantanaga olib kelgan bayroq bilan suratga tushishdi.
«Norvegiyalik sportchilar buni xalqaro biatlon ittifoqi nizomi va qoidalariga muvofiq amalga oshirdi», deb xabar berdi IBU matbuot xizmati va norvegiyaliklarning harakatlarini birdamlik ishorasi deb atagan.
Davlat Dumasi deputati va Olimpiya chempioni Svetlana Jurova norvegiyaliklar siyosiy aksiya uyushtirganini aytdi.
«Menimcha, hech kim sizga bayroqni musobaqalardan tashqarida ko‘rsatishingizga to‘sqinlik qilmasdi. Shohuspada siyosiy pozisiyani ifodalash nega kerak?» — dedi u.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/