«Sevilya» «Brayton» futbolchisini ortga qaytarib yuboradi

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Sevilya» yanvar oyida «Brayton»ning chap qanot himoyachisi Valentin Barko bilan ijara shartnomasini bekor qiladi.

Qayd etilishicha, u endi ingliz klubiga qaytadi. Shundan so‘ng «Brayton» uni yana ijaraga yuborishni rejalashtirmoqda.

«Sevilya» Barkoni avgust oyida «Brayton»dan mavsum oxirigacha sotib olish imkoniyatisiz ijaraga olgandi.

Joriy mavsumda Valentin ispan klubi safida 8 ta o‘yin (376 daqiqa) o‘tkazib, gol urmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter