«PSJ» «Nyukasl» hujumchisini sotib olmoqchi
«PSJ» «Nyukasl» hujumchisi Aleksandr Isakka qiziqish bildirmoqda.
Fransuz klubi yuqori saviyadagi forvard bilan shartnoma imzolash niyatida. Ular shved uchun 83 million yevro to‘lashga tayyor.
Isak 2022 yildan beri «Nyukasl»da o‘ynab kelmoqda. U Premyer-liganing joriy mavsumida 15 o‘yinda 10 ta gol urdi. Forvard bilan shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/