Simeone «Barselona»ning eng yaxshi futbolchisini aytdi

Diyego Simeone Primeraning 18-turida «Barselona»ga qarshi uchrashuv arafasida matbuotga intervyu berdi. Mutaxassis «ko‘k-anorranglilar» jamoasidan Rafinyani ajratib ko‘rsatdi.

«Barselona» ajoyib futbol namoyish etadi. Ular orasida men Rafinyani alohida ajratib ko‘rsatishim mumkin. U La Liganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. «Atletiko» bo‘lajak o‘yinda uch ochko olishga harakat qiladi», – dedi Simeone.

“Barselona” – “Atletiko” uchrashuvi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter