Fonseka jamoadagi jarohatlar haqida fikr bildirdi

«Milan» bosh murabbiyi Paulo Fonseka jamoadagi jarohatlar haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» «Srvena Zvezda» bilan o‘yinning birinchi bo‘limidayoq (2:1) ikkita majburiy almashtirishni amalga oshirgandi.

«Tafsilotlarga kirmoqchi emasman, futbolchilarga hozirgi vaziyat haqida o‘z fikrlarimni aytaman. Lekin biz to‘xtamaymiz, men «Milan» g‘alaba qozonishi uchun hamma narsani qilaman. Agar men o‘yinchilarni yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga olib o‘tish kerak bo‘lsa, men buni qilaman», – dedi Fonseka Football Italia bilan suhbatda.

«Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida yettinchi, Chempionlar ligasida esa Fonseka shogirdlari olti uchrashuvda 12 ochko jamg‘arib, 12-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter