«Torino» «Everton» hujumchisi Betuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Torino» «Everton» hujumchisi Betu Betunkalga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi «Tuttomercato».
31 oktyabrdan beri italyan klubi 24 noyabr kuni «Monsa» darvozasiga faqat bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sababdan klub rahbariyati hujumni kuchaytirmoqchi.
Manbaga ko‘ra, «Torino» ustozi Paolo Vanoli aniq fikrlarga ega va bor e’tiborni Betuga qaratmoqchi. Hujumchi «Everton»ni tark etib, 2021-2023 yillarda «Udineze» safida 22 ta gol urgan Italiyaga qaytishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi transferni yanvar oyida so‘ragan va ijobiy javob olgan, shundan so‘ng klub uni sotuvga qo‘ygan.
«Torino» futbolchini 15-20 million yevro atrofida sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Roma» ham Betuga qiziqish bildirayotgani, uni Dovbikka muqobil sifatida ko‘rayotgani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi ingliz klubi safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/