«Lester» sobiq futbolchisini klubga qaytarmoqchi
Kirnan Dyusberi-Xoll yozda 30 million funt evaziga «Chelsi»ga o‘tdi. Markaziy yarim himoyachi o‘tgan mavsumda «Lester»ning chempionshipdan Premyer-ligaga qaytishida muhim rol o‘ynadi. Biroq, futbolchi London jamoasida yetakchi o‘rinni egallamaydi va Enso Mareska uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Football Insider xabariga ko‘ra, «Lester» shov-shuvli harakat qilib, qishda angliyalikni qaytarishi mumkin. «Tulkilar» yarim himoyachini «ko‘klar»dan ijaraga olmoqchi va unga hozirda Londonda yo‘q Premyer-ligada o‘ynash vaqtini kafolatlamoqchi.
Joriy mavsumda Kirnan Dyusberi-Xoll 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/