Kunde xatosi haqida fikr bildirdi
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde o‘zi va jamoasi uchun «Selta»ga qarshi (2:2) muvaffaqiyatsiz o‘yindan so‘ng intervyu berdi.
84-daqiqada fransuz o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni oldirib qo‘ydi va tom ma’noda raqiblarga gol taqdim etdi. Mezbonlar shu tarzda farqni qisqartirdi. Yana ikki daqiqadan so‘ng “Selta” hisobni tenglashtirdi.
«Men unchalik yaxshi o‘ynamadim. Konsentrasiya yetishmadi va bu bizga qimmatga tushdi. Mening xatoim halokatli edi. Bu natija uchun javobgarman. Biz boshidanoq qo‘limizdan kelganicha o‘ynamadik, lekin hammasi shu epizoddan boshlandi. Jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ydim», – dedi Kunde o‘yindan keyingi intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/