Ukrainalik posbon «Jirona» ko‘rigidan o‘tmoqda
19 yoshli ukrainalik darvozabon Vladislav Krapivsov «Jirona» ko‘rigidan o‘tmoqda.
Avvalroq, futbolchi «Chelsi»da ko‘rikdan o‘tayotgani haqida ma’lumot bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Krapivsov joriy yilning yozida Yevro U-19 yoshlar o‘rtasidagi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi va u yerda Ukraina terma jamoasi bilan yarim finalgacha yetib bordi va keyinchalik posbon turnirning ramziy jamoasiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Dnepr-1» yoshlar jamoasi darvozasini himoya qilgandi. U-19 chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazgan. «Dnepr-1″ni tark etganidan so‘ng, Krapivsov erkin agent maqomini oldi va hozirda klubsiz.
Unga «Sautgempton» ham da’vo qilgan edi, ammo klub Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan fuqaro uchun yagona kvotadan foydalanmaslikka qaror qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/