Rodri qachon maydonga qaytishi mumkinligini aytdi

«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jarohatlari qachon tiklanishi haqidagi savolga javob berdi.

«Men bu mavsumda qaytishim mumkinligini his qilyapman, ha. Bu mumkin va men buni qila olaman. Hozir tuzalib boryapman, hech qanday bosim yo‘q… Eng yaxshi tarzda tiklanish muhimdir. Mavsum uzoq, klublar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati bor… Men buni qila olaman,» – deya Rodrining so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter