Arne Slot Diogu Jotaning jarohati haqida ma’lumot berdi
Arne Slot «Liverpul»ning «Aston Villa»ga qarshi o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi va Diogu Jotaning jarohati haqida ma’lumot berdi. Murabbiy portugaliyalik futbolchi bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi va FIFA kunlaridan so‘ng, taxminan bir yoki ikki haftadan so‘ng maydonga qaytishini tasdiqladi.
Slot, shuningdek, Jota jarohatining aniq sabablari haqida gapirishga hali tayyor emasligini ta’kidlab, futbolchilarning holati haqidagi ma’lumotlar maxfiyligini ta’kidladi. Biroq murabbiy tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tishi va Jota yaqin orada safga qaytishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/