Mourinyo Turkiya futbol federasiyasi tomonidan jazolandi

Turkiya futbol federasiyasi Professional futbol intizom kengashi tomonidan «Fenerbaxche» bosh murabbiyi Joze Mourinyoni diskvalifikasiya qildi.

Portugaliyalik mutaxassis Turkiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan «Trabzonspor»ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng diskvalifikasiya qilindi.

Mourinyo muxlislarga, raqiblarga hurmatsizlik qilgani va hakamlikni tanqid qilgani uchun bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Shuningdek, u 958 ming lira (25,5 ming yevro) miqdorida jarimaga tortildi.

«Mourinyoning bayonotlari sportga xos emas, sport mahorati, sport odob-axloqi yoki halol o‘yin tushunchasiga zid, TFF obro‘siga putur yetkazadi, turk futbolining qadr-qimmatini pasaytirish, hakamlar va boshqa musobaqa rasmiylarining xolisligini yashirish yoki obro‘sizlantirish uchun mo‘ljallangan» deyiladi TFF bayonotida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter