«Aston Villa» ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchramoqda

Birmingemning «Aston Villa» jamoasi kecha YECHL 4-turida «Bryugge»ga imkoniyatni boy berdi – 0:1.

Jamoa so‘nggi 5 ta o‘yindan 3 tasida mag‘lub bo‘ldi, 1 durang va yana 1 g‘alabaga erishdi.

Birmingemliklar so‘nggi 3 ta o‘yinida ketma-ket mag‘lubiyatga uchrashmoqda – «Kristal Pelas»dan (1:2), «Tottenxem»dan (1:4), «Bryugge» (0:1).

Jamoa navbatdagi o‘yinini 10 noyabr kuni «Liverpul»ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter