«Valensiya» Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga iltimos bilan chiqdi
«Valensiya» futbol klubi kecha Ispaniya Qirollik futbol federasiyasidan (RFEF) dovul oqibatlari sababli «Parla Eskuela»ga qarshi Ispaniya kubogining 1-raund uchrashuvini ko‘chirishni so‘radi. Bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi «ko‘rshapalaklar» matbuot xizmati xabar berdi.
«Valensiya» – «Parla Eskuela» o‘yini bugun, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Bahsga Ispaniya poytaxti Madridda mezbonlik qilishi belgilangan.
«Valensiya» RFEF’dan bo‘ron sababli Ispaniya kubogi o‘yinini boshqa muddatga qoldirishni so‘radi. Klubning fikricha, biz provinsiyada kuzatilayotgan bo‘ronning og‘ir oqibatlari tufayli sayohatdan qochish tavsiya etiladi, shuningdek, Madrid bilan transport aloqalarida ham uzilishlar mavjud», deyiladi «Valensiya» bayonotida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/