Son «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
«Tottenxem» bosh murabbiyi Anj Postekoglu «shporlar»ning janubiy koreyalik hujumchisi Son Xyon Min 30 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda jarohati sabab maydonga tusha olmasligini aytdi.
«Son, yo‘q. U deyarli tayyor, lekin biz, ehtimol, o‘z nuqtai nazarimizdan, hafta oxiri uchun uni avaylaymiz. Ishonchimiz komilki, u dam olish kunlariga tayyor bo‘ladi», – dedi Postekoglu.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/