Gvardiola «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda akademiya futbolchilaridan foydalanmoqchi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Liga kubogi doirasida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda akademiya futbolchilaridan foydalanmoqchi.
O‘tgan shanba kuni «Manchester Siti» «Sautgempton»ni Erling Xolandning goli evaziga 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. «Manchester Siti» bu o‘yinda jarohat olgan Rodri, Oskar Bobb, Kevin De Bryuyne, Kayl Uoker, Jek Grilish va Jeremi Dokusiz o‘ynadi.
Chorshanba kuni «shaharliklar» Angliya kubogining 1/8 finalida o‘ynaydi va Gvardiola butunlay sog‘lom bo‘lmagan futbolchilarni xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
«Bizda o‘yinchilarning tanlovi juda va juda cheklangan. Men «Tottenxem» haqida o‘ylayman. Akademiyadagi ba’zi o‘yinchilardan foydalanishim mumkin. Ko‘ramiz.
Agar futbolchilar yaxshi bo‘lsa, ular «Tottenxem»ga qarshi o‘ynashadi, ammo shubha tug‘ilsa, men ularni tavakkal qilmayman», – dedi Gvardiola Evening Standard bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/