Matteus Noyerning o‘yini nega pasayganini aytdi

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning birinchi raqamli o‘yinchisi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Manuelni xafa qilishni xohlamayman, lekin u endi avvalgidek «Bavariya»ning asosiy tayanchi emas. Uning o‘yini o‘zgardi. Ilgari u deyarli barcha vaziyatlarni, birinchi pas bilan hujumlarni muvaffaqiyatli boshlashi mumkin edi. Endi u o‘z darvozasining to‘liq xavfsizligini kafolatlay olmaydi», – dedi Matteus.

38 yoshli darvozabon va «Bavariya» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Darvozabon myunxenliklar safida 2011 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter