Kurtua: «Bizning o‘yin siz tasavvur qilganingizdek yomon emas»

Tibo Kurtua «Real»da jiddiy muammolar borligiga ishonmaydi.

«Har birimizning kayfiyatimiz doimo yuqori, biz doimo jamoa bo‘lib himoyalanishga harakat qilamiz.

Ba’zilar uzoq mavsumdan so‘ng deyarli dam olmasdan jismoniy jihatdan qiyin deb hisoblashadi. Biz buni hal qila olamiz. Mavsumni yaxshi yakunlash uchun keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish muhim.

Bu siz tasavvur qilganingizdek yomon emas. Biz bu haqda gaplashdik va vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqdamiz», – dedi “Real” darvozaboni.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter