Messi: «Bu yerga dam olish uchun kelmadim»

Lionel Messi «Inter Mayami»ga dam olish uchun kelmaganini aytdi.

«Men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Biz klubning o‘sishiga yordam berish uchun kelganmiz, men faoliyatimni yakunlash uchun kelganim yo‘q.

Bizga ko‘p titullarni qo‘lga kiritish baxtiga muyassar bo‘ldik», — dedi 37 yoshli forvard.

Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» safida Luis Suares, Serxi Buskets va Jordi Alba ham o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter