Lukaku JCH-2022 dan keyin Belgiya terma jamoasini tark etish haqidagi fikrini nima uchun o‘zgartirganini tushuntirdi

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku Qatardagi jahon chempionatidan keyin terma jamoada boshdan kechirgan qiyinchiliklarni esladi.

«Men terma jamoada yana o‘sha ishtiyoq bilan o‘ynashni xohlayman. Navbatdagi maqsad 2026 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatga erishish, ammo oldinda hali ko‘p yo‘l bor. Men g‘alaba qozonib, jamoani oldinga boshlamoqchiman.

Qatardagi jahon chempionatidan keyin bir necha hafta davomida har kuni yig‘ladim. Birinchi marta futbol menga bunchalik og‘riq keltirdi. Tyerri Anri menga kuniga uch marta qo‘ng‘iroq qildi.

Men terma jamoadan ketmoqchi edim, lekin Tedesko meni ishontirdi – u menga kerakligini aytdi. Birinchi o‘yinlardan keyin ham menda shubhalar bor edi, lekin men ketmaslikka qaror qildim», – deya Lukaku so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter