Mourinyo «Barsa» hujumchisini jamoasida ko‘rmoqchi

«Fenerbaxche» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Barselona» forvardi Ansu Fatiga qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning 22 yoshli futbolchiga qiziqishi yangilik emas. Joze yosh hujumchini yozda o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan edi, endi ular qishki bozorda futbolchni ijaraga olmoqchi.

«Fenerbaxche» sport direktori Mario Branko yaqin haftalarda futbolchining agentlari bilan bog‘lanadi.

Fatining o‘zi yanvargacha «Barselona» murabbiyi Xansi Flikni ishontirishga harakat qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter