«Manchester Yunayted» yozda «Shtutgart» ustozi bilan bog‘langan edi
«Manchester Yunayted» Sebastian Xenessga qiziqish bildirgandi.
«Bild» jurnalisti Kristian Falk xabariga ko‘ra, mankunianliklar yozda Erik ten Xag bilan shartnoma uzaytirilishidan oldin ham «Shtutgart» bosh murabbiyi bilan bog‘lanib, nemis murabbiyi shunday imkoniyat tug‘ilsa, jamoani boshqarishga tayyormi yoki yo‘qligini bilishgan. Ular u bilan ehtimoliy transferlarni ham muhokama qilmoqchi bo‘lishdi.
42 yoshli mutaxassis «Manchester Yunayted»ning iltimosini rad etgani aytilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/