Insayder Romano Gyulerning rejalari haqida gapirdi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
19 yoshli futbolchi «Los-Blankos»da ko‘pincha asosiy tarkibda maydonga tushmaydi – odatda Karlo Anchelotti uni zaxirada qoldiradi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, barcha mish-mishlarga qaramay, Gyuler yanvarda «Real»ni tark etish niyatida emas. Yosh turk Madridda qolib, jamoadagi joy uchun kurashni davom ettirmoqchi. Futbolchi jamoadagi hozirgi rolidan xafa emas.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/