Messi: «Uzoq vaqt chetda edim, lekin qaytib kelganimdan xursandman»
Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishi haqida fikr bildirdi.
37 yoshli futbolchi jarohati sabab terma jamoaning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Bugun u JCH-2026 saralashida Venesuelaga (1:1) qarshi o‘yinda jamoaga qaytdi.
«Men uzoq vaqtdan beri yo‘ldaman, lekin qaytib kelganimdan, davomiylikni davom ettirayotganimdan va yana shu yerda ekanligimdan xursandman.
Argentina termasida o‘ynashni sog‘indim. Oldinda bizni uzoq yo‘l kutmoqda va uy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishdan oldin bir-ikki kun dam olish kerak», – dedi Lionel Messi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/