Morata shahar merining so‘zlari tufayli Korbetda uy sotib olishdan bosh tortishga majbur bo‘ldi
«Milan» hujumchisi Alvaro Morata shahar meri Korbetning harakatlaridan norozi bo‘ldi.
Ispaniyalik hujumchi Milandan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharga joylashishni rejalashtirgan. Morata yaqin kunlarda yangi uyga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq merning gapi tufayli rejalarini o‘zgartirdi.
Mer Marko Ballarini ijtimoiy tarmoqlarda shunday dedi: «Chempion Alvaro Morata shahrimizning yangi rezidenti».
«Hurmatli janob mer, mening maxfiyligimni buzganingiz uchun rahmat. Yaxshiyamki, yonimda hech qanday qimmatbaho narsa yo‘q. Mening yagona boyligim – bolalarim. Endi yashash joyimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keladi, chunki munisipalitet ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanishni va fuqarolarni himoya qilishni bilmaydi”, — deb yozdi Morata ijtimoiy tarmoqlarda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/