Duran «Bavariya»ga gol urganidan so‘ng nimalar dedi?

«Aston Villa» hujumchisi Jon Duran Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) fikr bildirdi. Aynan Duran Manuel Noyerni xafa qilgan holda g‘alaba to‘pini kiritdi.

«Gol urganimdan xursandman. Bunday jamoaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olganimdan xursandman, bu men orzu qilgan narsadir. Menimcha, bu mening ishimning bir qismi: diqqatni jamlash, imkoniyatni kutish va lahzadan foydalanish. Biroz kelishmovchiliklarga duch kelgan bo‘lsak ham, doimo qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat», – dedi Duran o‘yindan keyin mikst zonada.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter