Germaniya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

Germaniya terma jamoasi oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi.

Yulian Nagelsmann shogirdlari Bosniya va Gersegovina hamda Niderlandiya terma jamoalari bilan uchrashadi. Uchrashuvlar 11 va 14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Darvozabonlar: Oliver Baumann («Xoffenxaym»), Aleksandr Nyubel («Shtutgart»), Yanis Blasvix («Red Bull Zalsburg»);

Himoyachilar: Valdemar Anton («Borussiya» Dortmund), Bendjamin Xenrixs («RB Leypsig»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Robin Kox («Ayntraxt»), Maksimilian Mittelshtedt («Shtutgart»), David Raum («RB Leypsig»), Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund), Djonatan Ta («Bayer»), Antonio Ryudiger («Real»);

Yarim himoyachilar: Robert Andrix («Bayer»), Kris Fyurix («Shtutgart»), Paskal Gross («Borussiya» Dortmund), Djamal Musiala («Bavariya»), Aleksandar Pavlovich («Bavariya»), Andjelo Shtiller («Shtutgart»), Florian Virts («Bayer»);

Hujumchilar: Tim Klyayndinst («Borussiya» Menxengladbax), Serj Gnabri («Bavariya»), Kay Xaverts («Arsenal»), Deniz Undav («Shtutgart»).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter