Gvardiola Gyundogandan nima kutayotganini tushuntirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaga qaytgan Ilkay Gyundogandan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Gyundogan o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. U to‘liq mavsumoldi tayyorgarlik ko‘rmagan, shuning uchun u hali ritmga kirishgani yo‘q, lekin u har doim o‘zgacha bir narsa beradi. Albatta, u o‘z maqsadiga erishadi», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/