Devis: «Bavariya» doim yuragimda qoladi»
«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis kelajagi haqida gapirdi.
«Mening kelajagim? Men qolsam ham, ketsam ham bu klub mening yuragimda qoladi. Hozir «Bavariya» futbolchisiman, shuning uchun bor e’tiborimni faqat shunga qaratganman», – deya Devisning so‘zlarini keltiradi Bild.
Devis avvalroq “Bavariya” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi. Chap qanot himoyachisi transferi uchun asosiy da’vogar «Real Madrid» bo‘lib, u futbolchini kelasi yozda erkin agent sifatida taklif qilishga tayyor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/