Akanji Xoland haqidagi savolga javob berdi

«Manchester Siti» himoyachisi Manuel Akanji jamoadoshi Erling Xolandning ajoyib o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Xoland yaxshilandimi? Aytish qiyin, u «Manchester Siti»ga o‘tganidan beri juda ko‘p gol urdi. Biroq, o‘ylaymanki, u o‘yinga ko‘proq aralashmoqda, to‘p bilan yaxshi muomala qilmoqda. Ammo to‘rtta o‘yinda to‘qqizta gol juda ko‘p.

Umid qilamanki, u shunday davom etadi. Vaziyat og‘ir bo‘lib qolganda ham biz faqat himoyada o‘z ishimizni bajara olamiz, chunki oldindagi yigitlar bizga doim yordam berishini bilamiz», – deb Akanji so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter