«Monako» bosh murabbiyi: «Himoyachilarning o‘yin darajasidan mamnunman»
Adi Xyutter «Monako»ning yangi mavsumiga baho berdi. 4-tur uchrashuvida monakoliklar “Oser”ni mag‘lub etishdi (3:0).
«Denis Zakariya va Tilo Kerer ham tajribali o‘yinchilar, yetakchilar va bir nechta tillarda gaplasha oladilar.
Bu murabbiy uchun muhim – ular boshqalar bilan ko‘p muloqot qilishadi. Men faqat bu ikki futbolchi haqida gapirmoqchi emasman, yaxlit jamoaning sifatli o‘yinini qayd etgan ma’qul.
Mavsumni 10 ochko bilan yaxshi boshladik.
Payshanba kuni bizni “Barselona” bilan Chempionlar ligasida katta o‘yin kutmoqda, yakshanba kuni esa “Gavr”ni qabul qilamiz.
Himoyachilarning o‘yin darajasidan ham mamnunman – biz faqat bitta gol o‘tkazib yubordik, bu esa penaltidan», – dedi «Monako» bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/