«MYU»ning sobiq futbolchisi Yevropada ish topishi mumkin
Yaqin kelajakda «MYU»ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Yevropada ish topishi mumkin.
55 yoshli murabbiy ko‘hna qit’a klublaridan biri bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
“Klublardan biri bilan samarali muzokaralar olib bormoqdaman. Biz muloqot qilyapmiz, ish olib borilmoqda, aniqlikdan uzoq emasmiz», – deya Kanchelskisning so‘zlarini keltiradi Sport24.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/