Luis Enrike Barkolani maqtadi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Bredli Barkolaning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. 22 yoshli vinger joriy Liga 1 musobaqasida uchta o‘yinda to‘rtta gol urdi.

«Hozir hamma Barkolani maqtayapti, ammo o‘tgan yilgi «Nyukasl» o‘yinidan keyin odamlar uning Chempionlar ligasida o‘ynashga tayyor emasligini aytishdi. Bredli vazmin, o‘ychan, kamtarin va mehnatkash inson ekanligidan baxtimiz bor. U «Nyukasl» bilan o‘yindan keyin qiyin damlarni ishonchli tarzda yengib o‘tdi», – dedi Enrike shanba kungi «Brest» bilan uchrashuv oldidan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter