«PSJ» himoyachisi kelajagi borasida bir qarorga keldi

«PSJ»ning o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy klubini o‘zgartirishni istamayapti.

Yaqinda OAVda marokashlik futbolchining «Real»ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yana bir bor tarqaldi.

Jurnalist Adriyen Chantegreletning yozishicha, 25 yoshli futbolchi «PSJ» rahbariyatini yaqin kelajakda hech qayerga ketish niyati yo‘qligiga ishontirgan.

Lateral Parij klubiga bog‘lanib qoldi va o‘zini kiyinish xonasining yetakchilaridan biri sifatida ko‘rsatdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter