Antoni Ten Xag jamoasida boshqa klubga ketishga tayyor

«Manchester Yunayted» vingeri Antoni o‘zini boshqa klubda sinab ko‘rishga tayyor. Braziliyalik futbolchi mavsum boshida Erik ten Xag tomonidan ishonch bildirilmagan futbolchilar qatorida edi.

The Sun Football xabariga ko‘ra, Antoni hozirgi vaziyatdan mamnun emas, shuning uchun u ijaraga ketmoqchi. 24 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar «Fenerbaxche» bo‘lib ko‘rilmoqda, u yaqin kunlarda shartnomani yakunlashi mumkin – Turkiyada transfer oynasi hali ochiq.

Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va uning transfer qiymati, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 25 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter